

Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligida O'zbekiston futbol associaciyasining 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ko'rib chiqildi. Shuningdek, federatsiya vakillari Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi kutilayotgan asosiy va zaxira tarkib, ko'zlanayotgan natijalar xususida to'xtalishdi.
Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari Shahrullo Mahmudov futbolini yanada rivojlantirish, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarida sovrindorlar qatoridan joy olish va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishda hamjihatlik bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar berdi.



