O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi-vice prezidenti Ravshan Irmatov va bir qator mutasaddi va mutaxassislar Farg'ona viloyatiga tashrif buyurdi

Alisher
21 yanv 2021
Safar davomida hududlarda futbol bilan muntazam shug'ullanish, sog'lom turmush tarzi hamda sportni aholi o'rtasida keng tadbiq etish hamda futbol ommaviyligini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Mutaxassislar Farg'ona viloyati Futbol mahorat maktabi va boshqa tumanlarda sportga va hususan futbolga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

Ravshan Ermatov Farg'ona viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti  Xayrulla Bozarovga viloyatda futbolni rivojlantirishda amalga oshirayotgan ishlari uchun O'FAning tashakkurnomasi va esdalik sovg'alarini topshirdi.

Shuningdek viloyat futbol associaciyasi moddiy texnik bazasini yaxshilash va uning faoliyatini OAVda keng yoritilishini taminlash maqsadida O'FA tomonidan texnik jihozlar va zarur o'quv qo'llanmalar taqdim etildi.


AlisherMuallif
Manba: Фарғона футбол ассоциацияси