O'zbekiston faxriylar terma jamoasi Andijon viloyati faxriylari bilan jangovar durang qayd etdi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2022, 19:51
O'zbek futbolining 110 yillik tantanalari doirasida O'FA hamda Andijon viloyati faxriylari o'rtasida futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Andijon viloyati BO'FMga tegishli maydonda o'tkazilgan qiziqarli va gollarga boy o'tgan uchrashuvda jangovar durang kuzatildi – 3:3.

Mezbonlardan Lochin Soliev 1 ta, Baxtiyor Hamidullaev 2 ta gol urgan bo'lsa, O'FAdan Azamat Abduraimov 2 ta, Bekzod Karimov 1 ta to'p kiritdi.

Andijon viloyati faxriylar terma jamoasi tarkibi: Hamid Zokirov, Rustam Sobirov, Rafael Muslimov Rahim Qodirov, Muzaffar Rahimberdiev, Adham Karimov, Otabek Qilichev Rustam Abdiev, Baxtiyor Hamidullaev, Vitaliy Legay, Farhod Qodirov.

Bosh murabbiy: Toir Nizomov

O'zbekiston faxriylar terma jamoasi: Vyacheslav Tomilin, Mamur Saidqosimov, Sergey Kovshov, Orif Mamatkazin, Mahmud Sobirov, Aleksey Evstafeev, Nizom Nasriddinov, Askar Jadigerov, Fazliddin Shoimqulov, Azamat Abduraimov, Furqat Esonboev.

Bosh murabbiy: Birodar Abduraimov

Festival doirasida, shuningdek, bir qator futbol faxriylari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia