O'zbekiston - Ekvatorial Gvineya o'yiniga chipta sotib olganlar diqqatiga

Nadirkhuja Yuldashev
31 may 2016
Avval xabar berib o'tilganidek, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi 2 iyun kuniga belgilangan, ammo bugun bekor qilingan O'zbekiston va Ekvatorial Gvineya jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yiniga sotilgan chiptalarni qaytib oladi.

Chipta sotib olgan fuqaroning pullari quyidagi tartibga qaytariladi:

1. Xizmat ko'rsatuvchi bankning tranzit hisob raqami (Bankning MFO kodi va STIRi) ko'rsatilgan holda o'rnatilgan tartibda ariza yoziladi.

2. Chiptani qaytib olish haqida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma "Bunyodkor" stadioni mamuriyati tomonidan tayyorlanadi;

3. Propiska ma'lumotlari ko'rsatilgani holda pasport nusxasini taqdim etish;

4. Sotib olingan o'yin chiptasi taqdim etilishi kerak.



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: the-uff.com