O'zbekiston Buyuk Britaniya bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2017
Avstriyada shifokorlar o'rtasidagi Jahon chempionatining final bosqichi davom etmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni olib chorak finalga yo'llanma olgani haqida xabar bergan edik.

Chorak finalda O'zbekiston Buyuk Britaniya terma jamoasi bilan o'ynaydi.

Chorak final juftliklari:
O'zbekiston - Buyuk Britaniya
Chexiya - Vengriya
Shvetsiya - Kolumbiya
Kataloniya - Ukraina

Agar O'zbekiston Buyuk Britaniyani mag'lub etsa yarim finalda Chexiya - Vengriya juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia