O'zbekiston bilan bahsda to'liq o'ynagan Turkiya terma jamoasi futbolchisi "Yuventus"ga o'tmoqda

Alisher
6 iyun 2019
"Alanyaspor" himoyachisi Merix Demiral faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

"Yuventus" 21 yoshli turk futbolchisi bilan 15 million evro miqdoridagi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.

Demiral mavsumning ikkinchi qismini "Sassuolo" tarkibida o'tkazdi va A Seriyada 14ta o'yinda qatnashdi. "Atletiko" "Fenerbaxche" tarbiyalanuvchisi uchun 25 million evro to'lashga tayyor edi. Lekin Demiral Turin klubi bilan kelishib oldi.



AlisherMuallif
Manba: Le Figaro