O'zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi tayyorgarlikni boshladi. Midori Honda tarkibga kimlarni jalb qildi?

Iskandarov Abdulaziz
16 fev 2024
O'zbekiston ayollar terma jamoasini oldinda mas'uliyatli 2ta uchrashuv kutmoqda.

Midori Honda boshqaruvidagi O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 24–28 fevral kunlari Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida Avstraliya terma jamoasiga qarshi ikkita uchrashuv o'tkazadi.

Oldinda turgan muhim bahslarga reja asosida tayyorgarlik ko'rish maqsadida vakillarimiz Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishishdi. Bosh murabbiy tomonidan 24 nafar futbolchi yig'inga jalb etildi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати