O'zbekiston ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi-2026 musobaqasi mezbonligi uchun kurashdan chiqdi. Turnirni kim qabul qilishi aniq

Administrator
23 fev 2024
O'zbekiston va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyalari bu musobaqa uchun poygadan chiqishdi.

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni 2026 yilda o'tkaziladigan ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi mezbonligi uchun kurashdan chiqishdi. The Guardian bergan ma'lumotga qaraganda, ikki mamlakat musobaqani o'tkazish bo'yicha o'z nomzodlarini qaytarib olishgan. Shu tariqa, boshqa talabgorlar poygadan chiqqanidan so'ng, Avstraliya 2026 yilgi Osiyo kubogini qabul qilishi oydinlashdi. Aprel oyida bu haqda rasman ma'lum qilinadi.


AdministratorMuallif
Manba: The Guardian