

Muxlislar Gonsalu Ramush Shveytsariyaga birinchi golni urgandan keyin Bernardu Silva o'zini qanday tutganiga e'tibor qaratishdi.
Qiziqarli jarayon Championat.asia fotosuratchisi Tolibjon Qosimov kamerasi obektiviga ham tushib qoldi. Quyida bunga guvoh bo'lishingiz mumkin.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi tribuna oldida uzoq vaqt davom etgan katta bayramda ishtirok etmadi. Avvaliga u sheriklariga qo'shildi, lekin tezda maydonga qaytdi.



Muxlislar allaqachon Bernarduning bu qilmishi sababini aniqladilar – ularning talqiniga ko'ra, portugaliyalik futbolchi shveytsariyaliklarga to'pni maydon markazidan tezda o'ynab ketishga imkon bermagan.
Gap shundaki, FIFAning to'pni maydon markazidan boshlashni tartibga soluvchi 8-qoidasida shunday deyilgan: "Boshlang'ich zarbani beruvchidan boshqa barcha o'yinchilar o'z jarima maydonchasi tarafida bo'lishlari shart".




Bernardu tantanadan so'ng maydonning Shveytsariya jarima maydoni tomonga tushib oldi – shuning uchun o'yinni davom ettirib bo'lmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Bernardu bilan bog'liq holat haqida quyidagicha izohlar yozishdi:
– "Bernardo o'yin to'xtab turganda ham futbolni 5 yulduzli tushunadi";
– "Bu juda muhim, menimcha, biz bu qoida haqida etarli ma'lumotga ega emasmiz";
– "Elit mentalitet";
– "Men hozirgina yangi qoidani bilib oldim. Ofarin, Bernardu".



