Portugaliya futbol federatsiyasi Nike kompaniyasiga 27 yillik hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2025
Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) Nike kompaniyasiga uzoq muddatli hamkorlik uchun minnatdorlik bildirishga qaror qildi.

Amerika kompaniyasi 27 yil davomida Portugaliya terma jamoalari uchun ekipirovkalar etkazib beruvchi bo'lib kelgan. FPF noyabr oyi oxirida boshqa brend – Puma bilan hamkorlik qila boshladi.

FPF o'zining X tarmog'idagi sahifasida Portugaliya terma jamoasining Nike tomonidan ishlab chiqarilgan turli yillardagi liboslari aks etgan fotosuratlarni e'lon qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/selecaoportugal