

11 mart kuni Refaat Misr chempionatining 16-turida “Al-Ittihod”ga qarshi o'yinda (0:0) yurak xurujiga uchragandi. U hushini yo'qotib, maysazorga yiqilgan, keyin esa Misrdagi shifoxonaga etkazilgan. O'shandan beri u komada edi.
Futbolchining o'limi sabablari hozircha noma'lum.
Refaat Misr terma jamoasi safida ettita o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U 20 yoshida Afrika kubogini qo'lga kiritgan, shuningdek, "Zamalek" bilan Misr kubogi va superkubogi sohibiga aylangan.



