

"O'yin yaxshi bo'ldi, barcha yigitlarda istak kuchli bo'ldi. Bir jamoaga aylanib g'alabaga erishdik. Murabbiylar ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik deb o'ylayman".
"Asosiy tarkiblar o'rtasidagi bahsda ham "Qo'qon-1912" g'alaba qozonishiga ishonaman. Sababi mag'lubiyatlar ko'payib ketdi. Nasib qilsa jamoamiz 3 ochkoga erishadi".
"Murabbiylar qachon asosiy tarkibga kiritishlarini bilayman. Agar "Navbahor" bilan uchrashuvda maydonga tushsam albatta jamoa uchun borimni berib o'ynayman. Hozirgi darajaga chiqishimda yordam bergan barcha murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman", - deydi Oybek Rustamov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati




