Oybek Qilichevning Erondagi faoliyati yakuniga etdi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2015
O'zbekistonlik yarim himoyachi Oybek Qilichev shu yilning yanvar oyida Eronning "Paykon" klubiga ko'chib o'tgandi.

Qilichev jamoasi safida Eron pro-ligasida 9ta o'yinda maydonga tushgandi. "Paykon" quyi ligaga tushib ketdi. Avgust oyida "Paykon" Eron birinchi ligasida ishtirokni boshladi. Qilichev 12ta turda faqat 3 marta maydonga tushdi. Endi Oybek Qilichev o'ziga yangi klub qidiradi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia