Overmars: "Van de Bek tez taslim bo'lmasligi kerak"

Mirjalol Normatov
4 may 2021
"Ayaks" sport direktori Mark Overmars o'tgan yozda "Manchester Yunayted"ga o'tgan Donni van dek Bekka maslahat berdi.

"Menimcha, Donni qolishi va navbatdagi mavsum asosiy tarkibi uchun kurashishi kerak. Bunchalik tez taslim bo'lish yaramaydi", - dedi mutaxassis.

Qayd etish kerak, ayni damda van de Bek MYUning asosiy tarkib futbolchisi emas. Shu boisdan klub rahbariyati uni ijaraga berib yuborish variantlarini ko'rib chiqmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal