Overmars “Ayaks” bilan shartnomasini uzaytirdi

Klubning sobiq o'yinchisi ayni damda jamoa sport direktori bo'lgan Mark Overmars “Ayaks”da qoladigan bo'ldi.

Overmars “Ayaks” bilan 2024 yil 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan. Mark jamoada 2012 yildan beri ishlamoqda. Klub u bilan uch bor Niderlandiya chempionligini va bir marta mamlakat Supekubogini qo'lga kiritdi.

Joriy mavsum YCHLda esa “Ayaks”  “Real”ni mag'lub etib, chorak finalga chiqdi.


Manba: Sport Express