O'tkir Yusupov: "Hali "Navbahor" bilan shartnomani uzaytirganim yo'q"

Narzulla Saydullayev
21 dek 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Navbahor" klubi darvozaboni O'tkir Yusupov shartnomani uzaytirgani haqida xabar bergandik.

Ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasi safida Dubayda yig'inda ishtirok etayotgan darvozabon biz bilan bog'landi hamda vaziyatga oydinlik kiritdi. 

"Hozircha "Navbahor" bilan shartnomani uzaytirganim yo'q. Muzokaralar ketmoqda. Barchasi Osiyo kubogidan keyin aniq bo'ladi. Ayni paytda bor e'tiborim terma jamoada", - dedi O'tkir Yusupov. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia