Otabek Shukurov "Fotih Karagyumruk"dan ketish sabablarini oshkor qildi

Khoja
14 yanv 2024
"Fotih Karagyumruk" sobiq futbolchisi Otabek Shukurov nima sababdan turk jamoasini tark etganini tushuntirib berdi.

"Shota Arveladze bilan hech qanday muammo bo'lmadi. Bizda muammo klub rahbarlari bilan edi. Mavsum boshida yaxshi takliflar bo'ldi, biroq sotmadi. Shuningdek, turklar oylik berishda biroz sekin harakat qilishar ekan. Shundan so'ng biz do'stona xayrlashdik. Qarzdorlik ozgina qolgan. Shunday bo'lsa ham men roziligimni, faqatgina shartnomamni berishlarini so'radim. Chunki o'zimni boshqa jamoada sinab ko'rishni istadim. Hozircha yangi jamoam aniq emas",-dedi Shukurov.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia