Otabek G'ulomxo'jaev "Andijon" bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2020
"Andijon"ni Superligada olib qolgan murabbiy Otabek G'ulomxo'jaevning jamoani tark etishi mumkin deb xabar bergan edik.

Klub matbuot xizmati bu borada rasmiy ma'lumot berdi.

"Internet nashrlari orqali tarqalgan xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Otabek G'ulomxo'jaev keyingi mavsumda ham jamoamiz bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. "Andijon" jamoamizni Superligada olib qolishga erishgan Otabek G'ulomxo'jaev bilan klub rahbariyati shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi kelasi mavsum uchun rejalarini tuzishni boshlab yubordi. Ishonamizki jamoamiz Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligida yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanadi",-deya xabar beradi klub matbuot xizmati.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати