Oston O'runovning jamoasi Evrokuboklarda o'zini ko'rsatmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
20 avg 2021
Hamyurtimiz Oston O'runov to'p tepayotgan "Ufa" klubi bosh direktori Shamil Gazizov jamoa maqsadi haqida gapirdi.

"Evrokuboklarga yo'l olib, u erda o'zimizni ko'rsatish bosh maqsad. Sportda bu muhim. Bu boshqa jarayonlarga ham ta’sir qiladi. 

Agar natija bo'yicha muvaffaqiyatga erishsak, bu moliya, muxlislar va transferlar borasida ham ijobiy bo'ladi. 

Bizda masalan Angliya bilan taqqoslaganda daromad manbamiz ko'p emas. Liga ham pul to'lamaydi, TVdan keladigan pul kam, chiptalar ham arzon. 

Manbalar kam, lekin biz ulardan maksimal ravishda foydalanishga harakat qilamiz", - dedi Gazizov. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru