Oston O'runov Spartak safida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Transfer haqida yaqin ikki kun ichida e'lon qilinadi

Narzulla Saydullayev
3 avg 2020, 23:25
Ufa yarim himoyachisi Oston O'runov Spartakka o'tishi deyarli aniq.

19 yoshli xavbek Moskva klubi safida bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi, uning transferi haqida ertaga yoki indinga e'lon qilinadi. Bu haqda Sport-Ekspress jurnalisti Vyacheslav Korotkin o'z telegram-kanalida ma'lum qildi.

Oldinroq Spartak o'zbekistonlik futbolchi uchun 2 million evro to'lashi haqida xabar chiqqandi. Bundan tashqari, O'runov yangi klubi safida yiliga 600 ming evro maosh olishi haqida ham xabar berilgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: