Osiyo xabari. Qatarni jazoirlik murabbiy boshqaradi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2014, 17:05
Jazoirlik Jamel Belmadi kecha Qatar milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bungacha jamoani Fahad Tani boshqarib kelayotgandi, biroq QFF rahbarlari murabbiyni o'zgartirishni lozim topishdi.

Yangi murabbiyni OAVga QFF prezidenti Shayx Hamad Al Tani tanishtirdi. Murabbiy Jamel Belmadi so'z olar ekan shunday deydi: “Men uchun milliy terma jamoani boshqarish juda katta imkoniyat. Qatar termasi yaxshi futbolchilardan iborat va ular bilan Osiyo Kubogida o'zimizni ko'rsata olamiz”.

Ma'lumot sifatida shuni aytishimiz mumkin, jazoirlik murabbiy 2011 va 2012 yilda “Lexviya” bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. U hozir 37 yoshda. Qatarda esa 10 yildan beri faoliyat olib boryapti.

Mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti qisqagina qilib shunday dedi: “Maqsadimizni tushunish qiyin emas. Jamel Belmadi boshchiligida jamoa 2018 yilgi jahon chempionatiga borishini xohlaymiz va buning uchun bor imkoniyatni ishga solamiz”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia