Osiyo o'yinlari. O'zbekiston ayollar termasi KXDRga 0:8 hisobida taslim bo'ldi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2023
O'zbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda KXDR bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvda O'zbekiston yirik hisobda engildi va endi bronza uchun kurashadigan bo'ldi. Ehtimoliy raqib – Xitoy yoki Yaponiya. Bronza uchun bellashuv 6 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. 

Osiyo o'yinlari

1/2 final

O'zbekiston – KXDR 0:8

Xanchjou. "Linping" stadioni. 15:00

Gollar: Xon 9', An 45+2', Ri Yon 50', Kim K 18', 46', 63', 83', Kim X 90+1' 

O'zbekiston: 1.Maftuna Jonimqulova, 2.Madina Hikmatova, 4.Feruza Boboxo'jaeva, 6.Dilrabo Asadova, 7.Nilufar Qudratova, 8.Ilvina Ablyakimova, 9.Zarina Norboeva, 16.Zarina Mamatkarimova, 18.Aziza Norboeva, 19.Nozima Ergasheva, 20.Kamila Zaripova

Zaxira: Aminjonova, Nabiqulova, Xabibullaeva, Shoimova, Baxtiyarova, G'ulomova, Amirova, Zoirova, Karachik, Tojiddinova, Qo'chqorova

Ma'lumot uchun, O'zbekiston ayollar termasi ilk turda Mongoliyani 6:0 hisobida yutgan bo'lsa, Xitoyga xuddi shu hisobda yutqazgandi. Chorak finalda esa Xitoy Taypeyi 2:1 hisobida mag'lub etilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia