Osiyo Kubogi oldidan terma jamoamiz a'zosining qo'li sindi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2018
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi darvozaboni Eldorbek Suyunov qo'l panjasini sindirib olganligi tufayli ma'lum muddatga safdan chiqdi.

"Paxtakor" jamoasi mashg'ulotlarida jarohat olgan futbolchining qo'li gips qilindi. Jarohat u qadar jiddiy emas. Darvozabon taxminlarga ko'ra yanvar oyiga qadar safga qaytishi mumkin.

Agar tiklanish jarayoni kutilganidan tez amalga oshsa, Suyunov terma jamoaning Turkiyadagi yig'inida qatnashishi mumkin.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia