Osiyo Kubogi. Mirabror Usmonov jurnalistlar bilan uchrashdi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2015
Bugun Brisben shahridagi markaziy stadionda O'FF rahbari Mirabror Usmonov Osiyo chempionatini yoritish uchun kelgan o'zbekistonlik jurnalistlar bilan uchrashdi.
Bilasiz, ertaga terma jamoamiz Xitoyga qarshi 2-tur bahsini o'tkazadi. O'yindan oldingi matbuot anjumani yakuniga etgach, Mirjalol Qosimov va Odil Ahmedov mashg'ulot uchun maydonga yo'l olishdi. Oradan ko'p o'tmay O'FF matbuot kotibi Baxtiyor Mametov oldimizga kelib, O'FF rahbari ham stadionga kelgani hamda OAV vakillari bilan uchrashish niyatida ekanligini ma'lum qildi.

Natijada bu erda faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik jurnalistlar pastga tushdik. Mirabror Zufarovich oldimizga Sardor Rahmatullaev, Asqar Tolibjonov, Farhod Magometov hamrohligida chiqib keldi. O'FF prezidenti shoshib turgani bois suhbat uzoqqa cho'zilmadi. Mirabror Usmonov bu erdagi sharoitlar bilan qiziqdi va hammamizdan terma jamoani duo qilib turishimizni so'radi.

X.Xoliqov.


















Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia