Osiyo Kubogi. Iordaniyalik futbolchi dopingdan o'ta olmadi

Iordaniya terma jamoasining 10-raqamda o'ynaydigan futbolchisi Ahmed Hayel Iroq bilan kechgan o'yindan so'ng doping-nazoratdan o'ta olmadi.
Uning organizmida qandaydir taqiqlangan moddalar borligi aniqlandi. OFK tibbiyot xodimi doktor Chantapitakning aytishicha, bunday modda bilan futbolchining to'p tepishi umuman mumkin emas. Endilikda bu o'yinchining qanchadir muddatga chetlatilishi kutilmoqda.


Manba: championat.asia