Osiyo Kubogi. BAA o'z tarixida ilk bor bronza medaliga ega bo'ldi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2015, 16:15
Avstraliyadagi qita chempionatida uchinchi o'rin sohibi ma'lum bo'ldi.
Iroq va BAA o'rtasidagi o'yinda arablar 3:2 hisobida zafar quchishdi.

1996 yil o'z uyida o'tkazilgan Osiyo Kubogida BAA ikkinchi o'rinni band etgandi. 1992 yilda esa ushbu jamoa to'rtinchi bo'lgandi. Olti marta arablar guruh bosqichidan chiqa olishmagandi. BAA o'z tarixida ilk bor musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi.

1980 - guruh bosqichi
1984 - guruh bosqichi
1988 - guruh bosqichi
1992 - to'rtinchi o'rin
1996 - ikkinchi o'rin
2000 - ishtirok etmagan
2004 - guruh bosqichi
2007 - guruh bosqichi
2011 - guruh bosqichi
2015 - uchinchi o'rin

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia