Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi qachon o'tishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
14 dek 2021, 10:00
OFK 2023-yil Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi saralash bosqichining qur'a tashlash marosimi vaqtlarini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, 2022 yilning 24 fevral kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida qur'a tashlash marosimi onlayn tarzda o'tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirg'iz Respublikasi, Falastin va Hindiston bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.

Saralash bahslari 2022 yilning iyun oyida markaziy tarzda o'tkaziladi. Guruh bahslari faqat bitta o'yindan iborat bo'lib, jamoalar ushbu bosqichda 8, 11 va 14 iyun kunlari 3 ta o'yin o'tkazishadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати