Osiyo kubogi-2023. O'zbekiston qur'a jarayonida ikkinchi savatchada bo'ladi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2023, 11:21
Xabaringiz bor, Osiyo kubogi-2023 keyingi yil yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqaga 11 may kuni qur'a tashlanadi. Qur'a jarayonida terma jamoalar o'sha paytdagi FIFA reytingiga ko'ra savatchalarga ajratiladi.

Alisher Nikimbaevning ma'lum qilishicha, O'zbekiston terma jamoasi 6 aprel kuni e'lon qilinadigan FIFA reytingiga ko'ra, ikkinchi savatchada bo'ladi.

Osiyo kubogi-2023 qur'asi uchun savatchalar quyidagicha bo'ladi:

1-savatcha
Qatar (musobaqa mezboni), Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni

2-savatcha
Iroq, BAA, Ummon, O'zbekiston, Xitoy, Iordaniya

3-savatcha
Bahrayn, Suriya, Falastin, Vetnam, Qirg'iziston, Livan

4-savatcha
Hindiston, Tojikiston, Tailand, Malayziya, Gonkong, Indoneziya


O'zbekistonga har bir savatchadan bittadan raqib tushadi. Masalan: Yaponiya, O'zbekiston, Bahrayn, Tailand. Yoki Qatar, O'zbekiston, Livan, Hindiston.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia