Osiyo Kubogi-2019. Ravshan Ermatov Suriya - Falastin uchrashuviga tayinlandi-mi?

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2019
Ertaga BAA mamlakatida Osiyo Kubogi start oladi.

1-turdan o'rin olgan Suriya - Falastin uchrashuvida o'zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov ishlaydi. Bu haqda Osiyo Kubogining wikipedia.org saytidagi sahifasida yozilgan.

Xuddi shu sahifada ertaga bo'ladigan BAA - Bahrayn uchrashuvini iordaniyalik Adham Makhadmeh boshchiligidagi hakamlar ishlashi yozilgan.

Wikipedia - ochiq enciklopediya bo'lib, unga istalgan odam ma'lumot kiritishi mumkin.

Hozircha OFK Osiyo Kubogining bironta o'yinida ishlaydigan hakam nomini rasman e'lon qilganicha yo'q.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia