

Abu Dabidagi "Zayed Sports Siti" stadionida o'tkazilgan final bellashuvida Qatar terma jamoasi Yaponiyani 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Final o'yinidan so'ng musobaqaning eng yaxshilari taqdirlandi. Jumladan, Qatar terma jamoasi kiperi Saad Al Sheeb eng yaxshi darvozabon deb topildi. Al Sheeb OK-2019 davomidagi 7 o'yinda o'z darvozasidan bor yo'g'i 1ta gol o'tkazib yubordi. U ham bo'lsa finalda yaponlardan.

Saad Al Sheebga sovrin bilan birga 10 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti berildi.



