Osiyo Kubogi-2019. O'zbekiston guruhdan chiqsa kimga qarshi o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
22 dek 2018
BAAdagi Osiyo Kubogida O'zbekiston "F" guruhida ishtirok etadi.

Ko'pchilik terma jamoamiz guruhdan chiqsa qaysi guruhdagi qaysi o'rinni olgan jamoaga qarshi o'ynashi haqida savol bermoqda. Quyidagi ma'lumotlarda barchasi aniq qilib yozilgan:

"F" guruhida birinchi o'rinni olgan jamoa "E" guruhida ikkinchi o'rin olgan jamoa bilan o'ynaydi.


"E" guruhi

Saudiya Arabistoni
Qatar
Livan
KXDR

Bizning taxmin: Guruhda ikkinchi o'rin - Qatar

Bizning guruhda ikkinchi bo'lgan jamoa "B" kvartetida ikkinchi o'rinni olgan jamoaga qarshi to'qnash keladi.


"B" guruhi
Avstraliya
Suriya
Falastin
Iordaniya

Bizning taxmin: Guruhda ikkinchi o'rin - Suriya


Xabaringiz bor, bu Osiyo Kubogida tarixda ilk bor 24ta jamoa ishtirok etadi. Shu bois 6ta guruhning 4tasida uchinchi o'rinni olgan jamoalar ham 1/8 finalga chiqish huquqiga ega bo'ladi.

Agar "F" guruhida uchinchi bo'lgan jamoa keyingi bosqichga chiqsa yoki "D" yoki "C" guruhi g'olibiga qarshi o'ynaydi.


"D" guruhi
Eron
Iroq
Vetnam
Yaman

"C" guruhi
Janubiy Koreya
Xitoy
Qirg'iziston
Filippin

Bizning taxmin: Guruhda birinchi o'rinlar - Eron va Janubiy Koreya


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia