

25 yanvar kuni bo'lib o'tadigan Janubiy Koreya - Qatar uchrashuviga Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida tayinlandi, deya ma'lumot berdi O'FA Matbuot xizmati. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. To'rtinchi hakam - Ma Ning (Xitoy).
VAR - Paolo Valeri (Italiya), Muhammad Taqi bin Jahariy (Singapur) va Fu Ming (Xitoy).
Janubiy Koreya - Qatar uchrashuvi 25 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.



