Osiyo Kubogi-2019. Bugun raqibimiz Ummon Avstraliya bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2018
Bugun Pim Verbek boshchiligidagi Ummon terma jamoasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Osiyo Kubogidagi birinchi raqibimiz bugun Avstraliya bilan kuch sinashadi. 2019 yilning 2 yanvar sanasida Ummon Tailandga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur bahs Dubaydagi "Maktum bin Rashid Al Maktum" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Ikki tomon kelishuviga ko'ra o'yinga muxlislar kiritilmaydi.






Osiyo Kubogi-2019. Raqibimiz Ummonning yakuniy ro'yxati ma'lum


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia