Osiyo termalarida ishlagan taniqli gollandiyalik murabbiy Pim Verbek vafot etdi

Alisher
28 noya 2019
Gollandiyalik taniqli mutaxassis Peter Pim Verbek vafot etdi.

Ushbu mutaxassis o'z vaqtida Janubiy Koreya, Avstraliya va Ummon kabi Osiyoning nomdor terma jamoalarida ishladi.

Ma'lumki, ummonliklar joriy yilda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida biz bilan bir guruhda kurash olib borgan hamda ilk o'yinda bizga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Keyinchalik bu jamoa uchinchi o'rinni olib bo'lsa-da guruhdan chiqqan va 1/8 finalda Eronga mag'lub bo'lib musobaqani tark etgan edi. 

Musobaqa yakuniga etganidan so'ng Ummon futbol federatsiyasi Verbekni iste'foga chiqargan. Pim Verbekning iste'fosi haqidagi xabarda murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi ekanligi ham aytilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia