Bugun o'tkazilgan o'yindan oldingi matbuot anjumanida S.Arabistoni termasi ustozi Xitoyga qarshi bahsda Nosir Al Shamronining o'ynash-o'ynamasligi so'roq ostida ekanligini bildirdi. Saudiyaliklar bosh murabbiyi Kosmin Olariuning aytishicha, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Nosir Al Shamroni 4 yanvar kuni bo'lib o'tgan Janubiy Koreya bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan.
"Al Shamroni koreyaliklar bilan o'yinda jarohat oldi va bahsni oxirigacha o'tkaza olmadi. Hozir jarohatini davolamoqda. U juda yaxshi futbolchi, biroq biz Shamronisiz ham o'ynay olamiz. Chunki Osiyo chempionatiga 23 nafar kuchli o'yinchilar bilan tashrif buyurganmiz" - deya aytib o'tdi ruminiyalik murabbiy.