Osiyo futboli. Umar Abdulrahmon yana terma jamoaga qaytdi

Xayrulla Xoliqov
27 may 2019
BAA terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Bert van Marveyk yozgi yig'inda ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Tarkibda sizu bizga yaxshi tanish Umar Abdulrahmon ham bor. Ma'lumki, ushbu futbolchi o'tgan yilning oktyabr oyida jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan, buning oqibatida yanvarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida ishtirok eta olmagandi. 

Tarkibdan jami 27 nafar futbolchi o'rin olgan bo'lib, BAA termasi 13-22 iyul kunlari Avstriyaning Zalcburg shahrida yig'in o'tkazadi. Yig'inga "Al Vahda"dan hech kim chaqirilmadi, boisi bu klub OCHL 1/8 finalida "Zobahan" yoki "Al Nasr" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'radi. 

BAA terma jamoasi kuzda boshlanadigan JCH-2022 saralash o'yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan. Qur'a tashlash marosimi esa 17 iyul kuni o'tkazilishi kutilmoqda. BAA termasi bungacha faqat bir marta jahon chempionatida qatnashgan: 1990 yil Italiyada kechgan mundialda.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com