Osiyo futboli. Janubiy Koreya Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Xayrulla Xoliqov
7 apr 2019
Har ikki jamoa o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini Xitoyning Guangju shahrida bo'lib o'tadi.

Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri Janubiy Koreya shu yilning 7 iyun kuni Xitoyda Eronga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi. Bundan tashqari koreyaliklar Avstraliya bilan ham kuch sinab ko'rishadi. 

Ma'lumot uchun, Eron 2011 yildan beri Janubiy Koreyaga mag'lub bo'lmay kelmoqda. Bu orada jamoa koreyaliklarga qarshi to'rtta o'yin o'tkazib hammasida g'alabaga erishgan. Hozirda Eron futbol federatsiyasi terma jamoaga yangi bosh murabbiy qidirmoqda. Chunki Karlush Keyrush o'z postini tark etganidan beri forslar murabbiysiz qolgan. 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com