Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan ma'lumotlar

Xayrulla Xoliqov
2 iyun 2020
Osiyo futbolidagi bazi ma'lumotlarni savol-javob shaklida e'tiboringizga havola etamiz.

Savol: Cha Bum Kun 1998 yilga qadar Bundesligada eng ko'p gol urgan legioner bo'lib kelayotgandi. Uning rekordini kim yangilagan?

Javob: Stefan Chapuisat. Ushbu futbolchi Bundesligada 308 uchrashuv o'tkazib, 98ta gol urgan. U faoliyati davomida "Darmshtadt", "Ayntraxt" va "Bayer" klublarida to'p tepgan. Hozirda mazkur rekord Robert Levandovskiga tegishli. 


Savol: Xitoy Superligasining 2019 yilgi mavsumida eng ko'p muxlis tashrif buyurgan stadion qaysi?

Javob: Bu "Beyjing" FK uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Uorkers" stadioni. O'rtacha har o'yinga 66,661 muxlis tashrif buyurdi. 


Savol: OCHLda bitta o'yinda eng ko'p gol urgan futbolchi kim?

Javob: Magno Alves. Braziliyalik hujumchi "Gamba Osaka" tarkibida Vetnamning "Da Nang" klubiga bir o'yinda 5ta gol urishning uddasidan chiqqan. 


Savol: 2018 yil ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogida kim to'purar bo'lgan?

Javob: Li Ying. Xitoylik hujumchi 7ta gol bilan musobaqa to'purari bo'lgandi.


Savol: Beshta Osiyo Kubogida ishtirok etgan yagona futbolchi kim?

Javob: Ignatiy Nesterov. Nesterov 2004 - 2019 yillar oralig'ida o'tkazilgan barcha beshta musobaqada ishtirok etib, bu borada o'ziga xos rekordchi hisoblanadi. To'rt martadan qatnashganlar: Yasuxito Endo (Yaponiya), Jeng Ji (Xitoy) va Masud Shojayi (Eron). 


Savol: Janubiy Koreya K-ligasiga qachon asos solingan?

Javob: 1983 yilda. Ma'lumot uchun Yaponiya J-ligasi 1992 yilda, Xitoy Superligasi esa 2004 yildan yo'lga qo'yilgan. 


Savol: Ham OFK Kubogi, ham OCHL finalida o'ynab mag'lubiyatga uchragan jamoa qaysi?

Javob: Bu Suriyaning "Al Karama" klubi. "Al Karama" 2006 yil OCHL finaliga chiqib, "Chonbuk Xyunday Motors"ga imkoniyatni boy bergan. 2009 yilgi OFK Kubogi finalida esa "Quvayt SK"dan mag'lub bo'lgan.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia