Osiyo futboli. Eduardo "Al Hilol" bilan xayrlashdi

Xayrulla Xoliqov
28 avg 2020
Ko'p yillar Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi tarkibida faoliyat olib borgan Karlos Eduardo jamoani tark etdi.

Bu borada "Al Hilol" shunday bayonot berdi: "Klub va futbolchi o'zaro kelishgan holda futbolchining shartnomasi tugashiga 15 kun qolganida o'rtadagi bitim bekor qilindi. Karlos Eduardo biz bilan 7ta sovrinni qo'lga kiritdi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz".

Ma'lumot uchun, 30 yoshli Eduardo 2015 yil "Portu"dan "Al Hilol"ga ko'chib o'tgandi. U Saudiya Proligasida 96 bor maydonga tushib, 53ta gol urdi. Qolaversa o'tgan yil Osiyo chempionlar ligasida zafar quchdi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com