

Bunga "Al Nasr"ning o'z maydonida hamyurtimiz Otabek Shukurov to'p surayotgan "Sharja" klubidan mag'lubiyatga uchragani sabab bo'ldi. Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi BAAda atigi 8 oy faoliyat olib bordi.
"Al Nasr" turnir jadvalida 17 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Al Ayn"dan 11 ochko ortda qolyapti. Otabek Shukurovning jamoasi "Sharja" esa 13 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi.



