Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh kotibi o'z vazifasini tark etdi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2015
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ning moliyaviy ma'lumotlarini yashirish aybi bilan shubha ostiga olingan tashkilot bosh kotibi Aleks Susey o'z vazifasini tark etdi.

"Osiyo futbol konfederatsiyasi Suseydan 20 yil davomida Osiyo futboli uchun qilgan mehnatlaridan minnatdor. Tashkilot uning kelajakdagi faoliyatiga omad tilaydi" - deyiladi tashkilot bayonotida.

OFK yangi bosh kotibi saylanguncha uning o'rnini Vinzor Jon egallab turadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com