

Jumladan, yaqinda U-17 Osiyo Kubogida terma jamoa safida qita chempionligini qo'lga kiritgan hamda Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilardan 5 nafari ayni paytda "Andijon" jamoasi yig'inida qatnashmoqda. Bular - Nematulloh Rustamjonov, Mo'minxon Bahodirxonov, Muhammadali Musaxonov, Sayfiddin Sodiqov va Asilbek Aliev.
Ma'lumot o'rnida, "Andijon" 24 dekabr kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasining guruh bosqichidagi so'nggi o'yini doirasida Qatarda "Al Ahli"ga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq Rustamjonov "Andijon" sharafini himoya qilishi haqida xabar berilgan edi.



