

Italiyaning "Il Mattino" nashri xabariga ko'ra, joriy mavsum "Galatasaroy"da ijara asosida o'ynagan va barcha musobaqalarda 36 ta gol urgan 26 yoshli hujumchi Turin klubiga o'tishni rejalashtirmayapti.
Nigeriyalik futbolchining "Napoli" bilan shartnomasida tovon puli 75 mln evroni tashkil etadi. Shartnoma yana bir yilga amal qiladi, klub uni 2027 yilgacha uzaytirish imkoniyatiga ega. Biroq "Napoli" bu summani to'lashga tayyor jamoani topishda qiynalishi mumkin.
"Arsenal" nigeriyalik futbolchini "Sporting" hujumchisi Viktor Gyokereshga muqobil deb bilmoqda. "Manchester Yunayted" esa "Vulverxempton" futbolchisi Mateus Kunya va "Ipsvich"dan Liam Delapni ko'zlamoqda.



