

"Napoli" klubi hujumchisi Viktor Osimxen Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga ijaraga berildi. "Napoli" ijara uchun pul olmaydi, lekin "Galatasaroy" Osimxenning 6 mln evrolik yillik maoshini to'laydi.
Shu bilan birga, neapolliklar Viktor Osimxen bilan 2027 yilga qadar shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishishganini rasman ma'lum qilishdi.
Viktor Osimxen "Galatasaroy"da 45-raqamda o'ynaydi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Osimxen A Seriyadagi 25 ta o'yinda 15 ta gol urishga erishgandi.




