Osimxen PSJga emas, "Chelsi"ga o'tishni xohlamoqda. "Napoli" forvard uchun 130 mln evro talab qilmoqda

Alisher
25 fev 2024, 23:22
Viktor Osimxen faoliyatini APLda davom ettirishga qaror qildi.

Jurnalist Emanuel Kammarotoning xabariga ko'ra, "Napoli" forvardi uchun kurashda "Chelsi" va PSJ favorit hisoblanadi. Parijliklar nigeriyalikka yozda klubdan ketishga qaror qilgan Kilian Mbappening o'rinbosari sifatida qaramoqda. Ammo, Osimxenning o'zi London klubiga o'tmoqchi.

"Napoli" Osimxen uchun 130 mln evro atrofida olmoqchi, bu uning shartnomasida yozilgan tovon puliga to'g'ri keladi.

Osimxen joriy mavsum A Seriya doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: napolimagazine.com