Osimxen "Milan"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi

Mirjalol Normatov
16 apr 2023, 11:35
"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti "Milan"ga qarshi o'yinda Viktor Osimxen asosiy tarkibda maydonga tushishini tasdiqladi.

18 aprel kuni "Napoli" YCHL 1/4 finali doirasida "Milan"ni qabul qiladi. Ilk uchrashuvda neapolliklar 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Forvard esa jarohatdan tiklanib, "Verona"ga qarshi o'yinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

"Ha, u "Milan"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Osimxen jismonan kuchli va yaxshi tezligi bor. U to'pni oyog'iga yopishtirib olgandek bo'ladi, bosh bilan yaxshi o'ynaydi va ritmni tez o'zgartira oladi - uning sifatlari juda ko'p. Hozir muxlislar uchun u qahramon va doimo sodiqlik namunasi bo'lib kelmoqda", - dedi "Napoli" ustozi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal