"Orzular teatri" "Hech narsa teatri"ga aylandi, bu juda achinarli" - Nevill

Sherzod Nurmatov
2 noya 2023
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill Angliya Liga Kubogi doirasida o'z uyida "Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:3) sobiq jamoasini tanqid qildi.

"Kecha biz "Orzular teatri" ("Manchester Yunayted" stadioni – Old Trafford" – tahr.) "Hech narsa teatri"ga aylanganini ko'rdik. "Yunayted"ning har bir muxlisi o'zini zerikkan his qildi. Maydonda futbolchilar shokda edilar, o'yin ayanchli ko'rindi. Ten Hag barcha muxlislar oldida ojiz ko'rinishda gavdalandi. Biz buni allaqachon ko'rganmiz, bu qanday tugashini bilamiz. Etar!", – dedi Nevill.

"Manchester Yunayted" 10-turdan keyin 15 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 8-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports