O'runovning vakillari Yuranning yosh borasidagi so'zlari sabab etika qo'mitasiga murojaat qilishmoqchi

Alisher
17 dek 2020
"Spartak" PR bo'limi boshlig'i Anton Fetisov Xabarovskning SKA klubi bosh murabbiyi Sergey Yuranning "qizil-oqlar" yarim himoyachisi Oston O'runovning yoshi borasidagi gaplariga munosabat bildirdi.

"Ma'lumotlarimga ko'ra, futbolchining vakillari etika qo'mitasiga murojaat qilishmoqchi.

Yuran - afsona, juda ajoyib futbolchi, ammo so'nggi paytlarda u shov-shuvli bayonotlar qilmoqda, ularning bir necha umuman haqiqatga to'g'ri kelmaydi, shu sabab biz buni jiddiy qabul qilmaymiz", - deydi Fetisov.

→ Yuran: “O'zbekistonda tanishlarim bor, O'runov yoshi haqida menga ko'pchilik aytgan” 


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru