O'runov "Ximki"ga o'tish uchun maoshining kamayishiga tayyor

Alisher
10 avg 2022
"Spartak" yarim himoyachisi Oston O'runov "Ximki"ga o'tishi mumkin.

21 yoshli o'zbekistonlik futbolchi Moskva yaqinida joylashgan klubga o'tish uchun maoshining kamayishiga tayyor.

Qayd etish kerakki, "Ximki" yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash uchun o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishga qo'yilgan taqiqning bekor qilinishini kutmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'runovning Moskva klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru