O'rtoqlik o'yinidagi raqibimiz Seulga yetib keldi va mashg'ulot o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2022, 18:53
O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada Kamerun va Kosta-Rika bian o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

27 sentyabr kuni raqibimizga aylanadigan Kosta-Rika terma jamoasi Seul shahriga bugun (21 sentyabr) yetib keldi. Shimoliy amerikaliklarning 23 sentyabrdagi raqibi mezbon mamlakat Janubiy Koreya bo'ladi. Kosta-Rika Seulga kelib, biroz xordiq chiqarganidan so'ng Koreya bilan o'yin bo'ladigan "Goyang" arenasi yaqinidagi mashg'ulot maydonida shug'ullandi.


Kosta-Rika terma jamoasi Janubiy Koreyaga PSJdagi Keylor Navasni olib kelmagan bo'lsada jamoa afsonasi Brayan Ruis tarkibda.

Kosta-Rika haqida bilganlarimiz hozircha shu. Ertaga davom ettiramiz.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasining Kamerunga qarshi o'yini 23 sentyabr, Kosta-Rika bilan bahsi 27 sentbyar kunlari bo'lib o'tadi.


O'zbekiston va Janubiy Koreya bilan o'yinlarga Kosta-Rika terma jamoasiga kimlar chaqirildi?

Navas nima uchun O'zbekistonga qarshi o'yinda qatnashmaydi?

FOTO  O'zbekiston MTJ Janubiy Koreyadagi mashg'ulotlarini boshladi 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia